Jahon çempionati saralaşining uçinçi bosqiçi doirasidagi Özbekiston – Eron uçraşuvidan keyin ötkazilgan matbuot anjumanining ikkinçi qismida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan öyin haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.
“Muhim öyinda, afsuski, omadsiz öynadik. Yigitlarga sönggi daqiqalarga qadar kuraşişgani uçun rahmat aytaman. Odil Ahmedovning yöqligi bugungi öyinimizga katta ta'sir qildi, hujumda vaziyatlar kam yaratdik. Eron himoyada yaxşi öynadi. Bugun mağlubiyatga uçradik, ammo hali oldinda öyinlar köp. Biz keyingi öyinlarda kerakli natijalarni qölga kiritişga intilamiz.
Odil Ahmedov katta ehtimol bilan Xitoyga qarşi öyinda maydonga tuşadi. Biz uni bugun maydonga tuşirib, tavakkal qilmadik. Bu uning tiklaniş jarayonini uzaytirib yuborişi mumkin edi.
Suriyaning Xitoyni mağlub etişi? Yöq, meni bu hayron qoldirmadi. Bu bosqiçda qayd etilayotgan heç bir natija hayratga solayotgani yöq. Hozirgi bosqiçda kuçsiz jamoaning özi qolmagan.
Sardor Raşidov uç öyindan buyon öz darajasida öynay olmayotgani rost. Bunday holatda heç kimga keyingi öyinlarda asosiy tarkibda tuşiş kafolatlanmagan. Biz öyinni tahlil qilamiz va kelasi öyingaça kerakli xulosalar çiqaramiz”, deydi Samvel Babayan.

















