Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Suşma Svarajga maktub yölladi.
“Siz va butun hind xalqini muhim yubiley sana – Özbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi bilan çin dildan tabriklaşdan mamnunman”, - deyiladi maktubda.
Komilovning qayd etişiça, 25 yil davomida tomonlarning izçil sa'y-harakatlari natijasida özaro hurmat, işonç va bir-birining manfaatlarini hisobga oliş tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli va köp qirrali hamkorlik yölga qöyilgan.
“Joriy yilning 23-mart kuni Nyu-Dehli şahrida taşqi işlar vazirliklari örtasida bölib ötadigan siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundi ikki davlat hamkorligiga qöşimça turtki berişiga hamda uzoq muddatli Özbekiston-Hindiston strategik şerikçiligining yangi yönalişlarini belgilab olişga imkon berişiga qat'iy işonç bildiraman”, - deyiladi maktubda.
Abdulaziz Komilov Suşma Svarajga mustahkam soğlik, baxt va davlat lavozimidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilagan.

















