2017 yil 1 fevralda Özbekiston Prezidenti tomonidan “Tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini körsatiş mexanizmini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-2750-son qarori qabul qilingan edi. U Tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari körsatişning sifati va oşkoraligini, ulardan foydalaniş imkoniyatlarini yanada oşiriş, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta'minlaş maqsadiga xizmat qilişi közda tutilgan.
Mazkur qaror mazmun-mohiyatini vakolatli organlar, “Yagona darça” markazlari hamda tadbirkorlik va işbilarmonlik muhitini rivojlantiriş, eksportga kömaklaşiş va qöllab-quvvatlaş guruhlari mas'ul xodimlari e'tiboriga yetkaziş maqsadida 16 mart kuni Toşkent şahar hokimligida seminar ötkazildi.
Unda, ma'ruzaçilar tomonidan, qarorga asosan, tuman va şaharlarda faoliyat körsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” tamoyili asosida davlat xizmatlarini körsatiş markazlari tuman (şahar) hokimliklari tuzilmasidan Adliya vazirligiga ötkazilganligi, bu esa, öz navbatida “yagona darça” markazlarini samarali boşqariş, ularning faoliyatini boşqa davlat organlari bilan hamkorlikda taşkil etib, muammolar yeçimiga tizimli yondaşuvni belgilaş imkoniyatini berişi xususida töxtalib ötildi.
Xulosa sifatida şuni aytiş mumkinki, “yagona darça” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, korrupsiyani oldini oliş barobarida, davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga öz vaqtida kömaklaşişga doir faoliyati samaradorligini oşirişda muhim örin tutadi.
2017 yilning ötgan 2 oyi davomida Toşkent şahridagi tumanlar “yagona darça” markazlari tomonidan 1996 ta yuridik şaxslar va 2943 ta yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik sub'yektlari röyxatdan ötkazildi hamda tadbirkorlik sub'yektlariga 16 turdagi davlat xizmatlari böyiça 3357 ta davlat xizmatlari körsatildi.















