18 mart kuni Toşkent şahrida Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi – AIBA şafeligida taşkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari yettinçi mavsumi doirasida "Uzbek Tigers" - "China Dragons" jamoalari örtasida törtinçi tur uçraşuvi ötkaziladi.
Bugungi uçraşuv har ikki jamoa vakillari uçun öta muhim hisoblanadi. Çunki "S" guruhidan örin olgan tört jamoaning barçasi pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyatiga ega.
"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uçraşuvi oldidan Sports.uz muxbiri ringga çiqadigan boksçilardan uç nafari - Özbekiston çempionatlari sovrindori Abrorjon Qodirov, Olimpiya öyinlari kumuş medal sohibi Bektemir Meliqöziyev va jahon çempionati sovrindori Bahodir Jalolov bilan suhbatlaşdi.

Abrorjon Qodirovning aytişiça, raqibi kuçli va tajribali boksçi. Yong Çang öz vaqtida Osiyo çempioni bölgan. “Men avval bu boksçi bilan ringda töqnaş kelmaganman. Lekin maşğulotlar jarayonida uning janglarini tomoşa qildik. Ustozlarim uning jang uslubini tahlil qilib berişdi va tayyorgarlik jarayonida buni inobatga olib işladik. Albatta, raqibim ham meni örganişga harakat qilgani aniq. U ham bu jangga tayyorlangan. Ğalaba kimga nasib etişi ertaga ring körsatadi. Lekin "Uzbek Tigers" boksçilari ertaga ham faqat ğalaba uçun jang qiladi”, - deya aytib ötdi Qodirov.
Bektemir Meliqöziyev esa bugun faqat ğalabani közlab ringga çiqişini aytdi. “Birinçi ikkita uçraşuvda kutilmaganda mağlubiyatga uçradik. Öşa janglardan töğri xulosa çiqardik. Kamçiliklarimiz ustida juda köp işladik. Bu mehnatlarimiz samara beryapti va biz guruhdagi vaziyatni önglayapmiz. "Uzbek Tigers" ahil jamoa, muhit a'lo darajada, tayyorgarligimiz puxta va eng muhimi, boksçilarimizda ğalaba qozonib, muxlislarni xursand qiliş iştiyoqi kuçli. Öz muxlislarimiz köz öngida har qanday raqibni yengişimiz şart”, - deydi Meliqöziyev.
Jahon çempionati sovrindori Bahodir Jalolov esa WSB turnirida kuçsiz jamoaning özi bölmasligini aytib ötgan. “Har bir raqib öziga xos kuçga, tajribaga va mahoratga ega. Albatta, "Uzbek Tigers" boksçilari ham imkon qadar köproq ğalaba qozonib, muxlislar işonçini oqlaş uçun jang qiladi. Har bir uçraşuvga alohida taktika asosida hozirlik köriladi. "China Dragons" jamoasi ham kuçli boksçilardan tarkib topgan. Men ham raqibimni örganib, şunga yaraşa tayyorgarlik kördim. Nasib qilsa, ertaga "Uzbek Tigers" muxlislik qilayotgan va bizni qöllab-quvvatlaş uçun keladigan hamyurtlarimiz işonçini oqlaymiz”, - dedi Jalolov.

















