Davlat bojxona qömitasining Toşkent şahar bojxona boşqarmasida “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun navbatdagi oçiq muloqot taşkil qilindi.

Xalq va tadbirkorlik sub'yektlari bilan muloqotni samarali va tizimli ravişda taşkil etiş maqsadida Davlat bojxona qömitasi Markaziy apparati xodimlarining joylarga çiqib, uçraşuvlar va oçiq muloqotlar ötkaziş jadvali tasdiqlagan. Ayni şu jadvalga binoan taşkil qilingan uçraşuv ham oçiq va konstruktiv ruhda bölib ötdi.

Tadbir avvalida iştirokçilarga Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan işlab çiqilgan, yaqin beş yilga möljallangan Harakatlar strategiyasidagi maqsad va vazifalarni amalga oşiriş barça uçun yuksak mas'uliyat yuklaşi ta'kidlandi. 

Uçraşuvda bojxona sohasida qabul qilingan sönggi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati haqida körgazmali tarzda batafsil axborotlar berildi.

Özbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi ÖRQ-418-son Qonuni muhokamalar markazida böldi.

Uşbu qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslariga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan-ki, ularning barçasi tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilişda yangi davrni boşlab bermoqda.

Xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan şaxslarga nisbatan endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş tarzidagi jazo qöllanilmaydi.

Birinçi marta jinoyat sodir etgan şaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran öttiz kunlik muddatda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning örnini ixtiyoriy ravişda qoplab, tadbirkorlik sub'yektining röyxatdan ötkazilişini ta'minlasa va zarur bölgan ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirsa javobgarlikdan töliq ozod etiladi.

Tadbirda “Bojxona çegarasidan olib ötilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş tartibi töğrisida nizom”ga kiritilgan özgartirişlar,  yaqinda tasdiqlangan  bojxona kirim orderining şakli va uni töldiriş qoidalari haqida ham tuşuntirişlar berib ötildi.