Pokiston boş vaziri Navoz Şarif Afğoniston bilan çegaradagi nazorat-ötkaziş punkti faoliyatini qayta tiklaş va çegarani zudlik bilan oçiş haqida buyruq berdi. Bu haqda boş vazir ofisidagi manbaga asoslanib xabar tarqatilgan.

Pokiston 17 fevral kuni Afğoniston bilan çegarani yopgandi. Bunga mamlakatda oy davomida sodir etilgan teraktlar sabab bölgandi. Xususan, Sind provinsiyasining Sexvan şahridagi söfiylar masjidida terakt sodir etilib, 74 kişining ölimiga va 300 kişining jarohatlangandi. Hukumat maxsus kuçlari 1 oy davomida aksilterror kampaniya ötkazdi.

Pokiston hukumati uşbu teraktlar Afğoniston hududidagi jangarilar tomonidan tayyorlanganini ma'lum qilgandi. Çegaralarni yopiş orqali Afğoniston hududidan keladigan xavfni bartaraf etişga umid qilingandi.

Pokiston 7 mart kuni Afğoniston bilan çegaralaridagi ikkita asosiy ötkazuv punktlarining (Torxam va Çaman) faoliyatini qisman tiklagandi. Çegara punktlaridan faqatgina piyoda sayohat qilayotganlarga ruxsat berilgan, avtomobilda ötiş mumkin emasdi.