«Mançester Yunayted» jamoasi yarim himoyaçisi Bastian Şvaynştayger MLS çempionati iştirokçisi «Çikago Fayr» jamoasi bilan bitim tuzdi. Bu haqda Chicago Tribune xabar tarqatdi.
Tomonlar «1+1» körinişidagi şartnomani imzolaşgan. Unga köra 32 yoşli germaniyalik futbolçi 4,5 mln dollar miqdorida yillik maoş oladi. Şu tariqa Bastian MLS çempionatidagi eng köp maoş oluvçi futbolçilar önligiga kirgan.
Şvaynştayger «Çikago» safida keyingi haftada maşğulotlarga kirişişi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Bastian Angliya çempionatida bitta ham öyinda maydonga tuşmadi, Yevropa Ligasida esa bitta öyinda maydonga zaxiradan qöşilgandi.
















