Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning advokati Farid ad-Dib öz himoyasidagi siyosatçining Qohiradagi harbiy gospitaldan çiqib, uyiga qaytgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

«Yöq, Muborak hali klinikani tark etmadi, u uyiga qaytmagan. OAVda şu haqda tarqatilgan ma'lumot asosli emas. Bunday xabarlar avval ham tarqatilgan, bu odatdagi dezinformatsiya», — degan advokat.

U Husni Muborakka gospitaldan qaçon javob berilişi ma'lum emasligini bildirgan.

Bundan avvalroq Youm7 naşri Muborakning oilasiga yaqin manbaga asoslangan holda uning uyiga qaytib kelgani haqida xabar tarqatgandi.