Uzoq kutganimiz, biz soğingan taftli bahor fasli ham kirib keldi. Yangilaniş va yaşariş ayyomi hisoblangan uşbu gözal faslda biz qöşaloq şodiyonalarni özgaça şukuh ila nişonlaymiz. Ayniqsa, Navröz bayrami barçamizga birdek qadrdon! Mazkur bayram haqida oşiqça ta'rif-tavsiflar keltirişga hojat yöq, menimça. Bu qutluğ sana yana şunisi bilan ahamiyatliki, özbek adabiyotining zabardast vakili, Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri ustoz Abdulla Oripov tavallud topgan kun.
Uşbu uluğ insonni nafaqat buyuk ijodkor, balki bağrikeng, sofdil inson sifatida ham hurmat qilaman. Ular bilan ilk tanişuvmiz heç qaçon yodimdan kötarilmasa kerak. 2011-yil ayni iyun oylarining ilk kunlarida “Dörmon” ijod uyida Andijonlik bir guruh ijodkorlar uçun seminar bölib ötgan edi. Öşanda ustozim Xurşidabonu (Yozuvçilar uyuşmasi Andijon viloyat bölimi rahbari) bilan birga ularning holidan xabar olgani xonadonlariga kirganmiz. Ular meni birinçi marotaba körayotgan bölsalar-da, göyoki yaqinlaridek munosabatda bölib, şe'rlarimni iştiyoq bilan tinglagandi. Qolaversa, uç kunlik seminar davomida ham ular bilan samimiy muloqotlar ötkazganmiz. Şu-şu poytaxtga kelganimda ustozning huzurlariga borişga oşiqadigan böldim. Har gal ular meni “nabira şogirdim” deb, kötarinki kayfiyatda kutib olar, kerakli ögitlar berib kuzatar edi. 2015-yilning iyun oyi oxirida uylarida qilgan suhbatimiz ançagina maroqli ötgan edi. Mendan andijonliklar haqida, viloyatimizdagi katta bunyodkorlik işlari, şoir-yozuvçilar ahvolini bir-bir sörab ötdi. Suhbatimiz mevalar mavzusiga burilib, şu gaplarni kuyinib aytgan edilar.

- Qara, bu yil bahor boşqaça kelib, köp dov-daraxtlar havo xorğinligidan kurtaklagan paytida gullari tökilib ketdi. Şularni öylab, tunov kuni şe'r qoraladim.
Öqib bergan şe'rlarini töliq keltira olmadim. Şe'r mazmunida: – “Biz kattalarning gunohimiz köpdir, xöp, lekin gödaklarning rizqida nima ayb bor...” degan, mazmun ifoda etilgandi. Har safar ustoz bilan suhbatlaşganimda, biz yoşlar haqida qayğurayotganligini, köp-köp kitoblar öqişimizni uqtirardi. Öz navbatida öşa kuni men ham yangi yozgan şe'rlarimni öqib berganman. Ularga bağişlagan şe'rimni tinglab mamnun ohangda.
- Ha, har doim sizlarni duo qilaman. Kelajaklaring porloq bölsin. Yaxşi ilm sohibi bölinglar, ilohim!..
Ustoz bilan oxirgi uçraşuvmiz 2016-yilning avgust oyida bölib ötgandi. Soğliqlari unçalik yaxşi bölmaslarda, kelganimdan ança quvonib, duo qilgan edilar. Yana kelib turişimni aytib, hamma-hammaga salomlarini yetkazişimni aytgan edi.
















