2017 yil 18 mart kuni «Özbekiston» sport majmuasida katta boks keçasi bölib ötgani haqida ma'lum qilgan edik. The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl törtinçi bosqiçidan örin olgan uçraşuvda Uzbek Tigers («Özbek yölbarslari») va China Dragons («Xitoy ajdarlari») jamoalari özaro kuç sinaşdi. Unda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi boksçilar ringga kötarilişdi. Özbekistonlik boksçilar raqiblariga heç qanday imkon qoldirişmadi. Uzbek Tigers hakamlarning yakdil qarorlariga köra, China Dragons jamoasini 5-0 hisobida mağlub etdi. Quyida uşbu janglardagi eng muhim vaziyatlarni e'tiboringizga havola etamiz.