2017 yil 18 mart kuni «Özbekiston» sport majmuasida katta boks keçasi bölib ötdi. The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl törtinçi bosqiçidan örin olgan uçraşuvda Uzbek Tigers («Özbek yölbarslari») va China Dragons («Xitoy ajdarlari») jamoalari özaro kuç sinaşdi. Unda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi boksçilar ringga kötarilişdi. Özbekiston terma jamoasi murabbiylari xitoyliklarga qarşi Qozoğistonda Astana Arlans Kazakhstan jamoasiga mağlub bölgan tarkibni tuşirişga qaror qildi. Ta'kidlaş joizki, bu safar «Özbek yölbarslari» işonçni oqladi.

52 kg: Abrorjon Qodirov vs Chang Yong
60 kg: Murodjon Ahmadaliyev vs Wang Sen
69 kg: Şahram Ğiyosov vs Liu Wei
81 kg: Bektemir Meliqöziyev vs Huang Jiabin
+91kg: Bahodir Jalolov vs Mu Haipeng
Musobaqa reglamentiga köra, boksçilar har biri 3 daqiqadan bölgan 5 raund kuraş olib borişdi.

Dastlab ringga 52 kg vazn toifasidagi boksçilar Abrorjon Qodirov va Chang Yong çiqib kelişdi. Hakamlarning yakdil qaroriga köra, Özbekiston çempioni Abrorjon Qodirov raqibini 3-0 hisobida mağlub etdi.

Undan söng, 60 kg vazn toifasidagi boksçilar ringga kötarilişdi. Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev Wang Sen’ga qarşi imkoniyatini sinab kördi. U ringda öz tajribasidan töla foydalana oldi va jamoada birinçi bölib, jangdagi hisobni oçdi. U raqibini nokdaun holatiga uçratdi. Murodjon ham xitoylik boksçi ustidan, hakamlar qarori bilan 3-0 hisobida





















