Jahon | 10:07 / 22.03.2017
6477
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Hindiston va Taylandga harbiy texnikalar yetkazib beradi

Rossiyaning «Rostex» davlat korporatsiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Viktor Kladovning bayonot berishicha, Rossiya 2017 yilda Hindistonga 48 dona Mi-17V-5 vertolyoti hamda 11356 loyihasidagi 4ta fregat yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

«Bu yil Hindistonga 48ta Mi-17V-5 vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga ishonchim komil», — degan Kladov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hindlar 4ta 11356 fregati bo‘yicha bitim tuzishga tayyordir. 

Bundan tashqari, Rossiya Taylandga uchta Sukhoi SuperJet samolyotini yetkazib beradi. 

«Tayland qurolli kuchlari rahbariyati oldiga «Rosoboroneksport» yo‘nalishi bo‘yicha 2ta smolyot xarid qilish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda, unga uchinchisi ham qo‘shilish arafasida», — deya ma'lum qilgan Kladov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Bangkok milliy aviakompaniyalar uchun Sukhoi SuperJet samolyotlarini xarid qilish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. 

Rossiya, shuningdek, Indoneziyaga 1241 «Molniya» katerlarini yetkazib berish bo‘yicha ishlar davom ettirilishiga umid qilmoqda. Ushbu mamlakat Rossiyadan Su-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid