Ukraina poytaxti Kiyev şahrida Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Denis Voronenkov öldirildi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.
Kiyev politsiyasi rahbari Andrey Krişenko öldirilgan şaxs Rossiya Davlat dumasining sobiq deputati Denis Voronenkov ekanini tasdiqladi.
Guvohlarning ma'lumotiga köra, kamida yetti bora öq tovuşini eşitişgan.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakni uşbu holat yuz berganidan söng tezlik bilan çaqirtirgan, deb xabar tarqatdi UNIAN.
Ma'lumotlarga köra, otişma Kiyev markazidagi «Premer-palas» mehmonxonasi yonida yuz bergan.
Andrey Krişenkoning ma'lum qilişiça, Denis Voronenkovning öldirilişi buyurtma qilingan bölişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Albatta, buyurtma qotillik. Bu hozirda körib çiqilayotgan birinçi versiya hamda u marhumning faoliyati bilan boğliq», - dedi Krişenko.
Ukraina IIV rahbari maslahatçisi Anton Geraşenko Voronenkovning öldirilişini siyosiy deb atadi. U bu haqda Feysbukdagi sahifasida yozgan.
«Bu buyurtma siyosiy qotillik hamda Rossiyadan Ğarbga yoki Ukrainaga qoçib ketişni istagan rossiyalik deputat va amaldorlarni qörqitib qöyiş maqsadida amalga oşirilgan... Marhumning rafiqasi, yaqinlari va döstlariga öz ta'ziyamni bildiraman», - deya ma'lum qilgan Geraşenko.
Biroz ötib Kiyev şahri politsiya boşqarmasi boşliği Andrey Krişenko Voronenkovning ehtimoliy qotili jarohat olgani hamda qölga olingani haqida ma'lum qildi.
«Qotilga birinçi tibbiy yordam körsatildi, u qöriqlaş xizmati nazorati ostida», - dedi Krişenko.
Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko Denis Voronenkovning öldirilişini, u Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçning işi böyiça guvoh sifatida ötgani bilan boğlagan.
“Xalq fronti”dan ukrainalik deputat Anton Geraşenko esa Voronenkovning öldirilişini jurnalist Pavel Şeremet va rossiyalik muxolifatçi Boris Nemtsovning halokatiga öxşatgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Voronenkov bilan boğliq fojiali hodisa böyiça barça ma'lumotlarni yetkazişgan.

















