Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Qirğiziston migratsiya davlat xizmati raisi Medetbek Aydaraliyev bilan uçraşuvda xorijda işlovçi qirğizistonliklar davlat kömagini his qilişlari kerakligini aytdi.
Ta'kidlanişiça, uçraşuv vaqtida Aydaraliyev xorijda işlayotgan qirğizistonliklarni qöllab-quvvatlaş böyiça işning yangi yönalişlari haqida sözlab bergan. Gap birinçi navbatda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida işlovçi qirğizistonliklarni qöllab-quvvatlaş haqida bormoqda.
Atambayev xorijda işlovçi qirğizistonliklar özlarining ijtimoiy-huquqiy muammolarini hal qilişda davlat kömagini his qilişlari hamda öz huquq va majburiyatlarini bilişlari kerakligini aytdi. U qirğiz muhojirlarining huquqlari va manfaatlarini samarali himoya qiliş böyiça barça kompleks çora-tadbirlar faollaştirilişi zarurligini ta'kidlab ötdi.

















