Dunyoda neft zaxiralari böyiça eng boy davlat bölgan Venesuela 23 mart kuni benzin taqçilligiga duç keldi. Erta tongdan poytaxt Karakas va boşqa şaharlardagi AYoQŞlarda katta navbatlar yuzaga kela boşladi.
Nacional portalining ma'lum qilişiça, köplab AYoQŞlar benzin yöqligi sababli umuman oçilmagan. Karakasning özida 290 ta AYoQŞdan 90 tasi işlamagan.
Mamlakat hukumati iqtisodiy taranglik avj olayotgani ortida aholini tinçlatişga harakat qildi. "Bizda yetarliça yonilği bor", deb yozgan PDVSA neft kompaniyasi rahbari örinbosari Ismael Serrano.
Uning aytişiça, benzinning taqçilligi uning dengiz yöli bilan olib kelinişidagi muammolar sabab yuzaga kelgan, çunki Venesuela iste'mol qiladigan benzinning katta qismini eksport qiladi.
2016 yilda Venesuela oxirgi yillar içida birinçi marta benzin narxini oşirgandi, biroq şundan keyin ham bu mamlakatdagi benzin dunyodagi eng arzoni bölib qolgan.
Venesuelada 2016 yil 1 fevraldan 91- benzin 1 bolivar, 95-benzin esa 6 bolivar turadi. Bolivarning dollarga nisbatan rasmiy kursi böyiça (1 dollar = 706 bolivar) bu narxlar dollarga çaqqanda (mos ravişda 0,0014 va 0,084 sent) hattoki bir sentni ham taşkil qilmaydi. Ayni vaqtda dollarning mamlakat "qora bozoridagi" kursi 2905 bolivarni taşkil qilmoqda.

















