Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimligida ön olti yoşga tölgan bir guruh yigit-qizlarga Özbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
“Profilaktika kuni” doirasida ötkazilgan tadbirda tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov, viloyat IIB XÇK va FRB boşliği Muhammadolim Raximov, tuman IIB boşliği Dilmurod Ixvoldinovlar söz olib, yoşlarga yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda ona Vatan, xalq manfaati yölida kamarbasta insonlar bölib yetişişlarini tiladilar.
Voyaga yetgan yoşlarning ota-onalari, örta maxsus kasb hunar ta'limi, xalq ta'limi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamğarmalari tuman bölimlari vakillari iştirokida 50 nafar öğil-qizga biometrik pasportlar topşirildi.

– Tengdoşlarim qatori men ham fuqarolik pasportiga ega bölganimdan juda xursandman, -deydi 20 umumiy ta'lim maktabi, 9 sinf öquvçisi Mahfiratxon Abdruhimova. - Çunki pasport şu muqaddas Vatanning fuqarosi ekanligimdan şahodat beruvçi, ona yurtimdagi mustaqil va erkin hayotimning kafolatidir.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
















