3-9 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida "Qirol kubogi-2017" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib bokschilari ishtirok etadi.

Murabbiylar musobaqaga Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.