Fortune jurnali dunyoni özgartiruvçi va boşqalarga ham ilhom bağişlovçi "Dunyoning eng buyuk yetakçilari" reytingini taqdim etdi. Ularning orasidan siyosatçilar, işbilarmonlar, san'at arboblari va filantroplar örin olgan. 

Top-50 röyxatining birinçi örni "Çikago Kabs" beysbol klubi rahbari Teo Epsteynga nasib etdi. Ikkinçi öringa "Ali Express" internet-dökoni yaratuvçisi Jek Ma munosib körildi. Uçinçi poğonani esa Rim papasi Frantsisk egalladi. 

Teo Epsteyn
Jek Ma
Rim papasi Frantsisk

Bill Geytsning turmuş örtoği Melinda Geyts mazkur röyxatning 4-poğonasini band etdi. 5- va 6-örinlar esa amerikalik işbilarmon va milliarder Jyeff Bezos hamda rejissyor va dramaturg Ava DyuVerneyga nasib etdi. 

Şuningdek önlikdan AQŞ milliy xavfsizlik vakili H.R.Makmaster, Ilğor demokratik partiya raisi Tsay Ing-Uen, respublikaçi-siyosatçi Jon MakKeyn va Germaniya kansleri Angela Merkel joy olgan.