Rossiya Davlat dumasining sobiq deputati Denis Voronenkovning Kiyevda öldirib ketilişi aks etgan video YouTube portaliga joylaştirildi.
Bu qotillik şaharning gavjum hududida sodir etilgan. Hodisa çorrahadagi bir qança kameralar obektiga tuşgan.
23 mart kuni Voronenkov Kiyev markazida, «Premer-palas» mehmonxonasi oldida otib ketildi. Uning yonidagi tan soqçi qotilga öq uzgan, natijada boşidan jarohatlangan qotil şifoxonada jon bergan. Soqçi ham jarohatlangan, ammo omon qolgan.
Ukraina prezidenti Petro Poroşenko bu qotillikni «Rossiya tomonidan amalga oşirilgan terakt» deb atadi.
Voronenkov Ukrainaga 2016 yili, Rossiya parlamenti deputati vakolatlaridan mahrum bölişidan avval köçib ötgan edi. Rossiyada u biznesni reyderlik yöli bilan egallab oliş işi böyiça ayblanayotgan edi. Kiyevda Voronenkov davlatga xiyonat işi böyiça körsatma bergan edi, mazkur iş böyiça Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç ayblanmoqda.
Kiyevda Rossiya davlat dumasi sobiq deputati Denis Voronenkov öldirildi
















