AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedining tutgan kundaligi Bostondagi RR auksioniga qöyildi. Unda prezident faşistlar rahbari Adolf Hitler haqida yozib qoldirgan. 

Amerikaning Time jurnalida xabar berilişiça, 28 yoşli Kennedi Hitler haqida 1945 yil özining uruşdan söng Yevropaga gazeta muxbiri sifatida uyuştirgan safarida yozib qoldiradi. Öşa vaqtda u yetakçining Bavariyadagi ikki qarorgohi - Bergxof va Kelştaynxausda böladi.

"Uning öz yurtiga nisbatan çeksiz salohiyati dunyo tinçligiga tahdid soladi. Hitlerning hayot yöli, ölimi kelajakda faqat yanada çuqurlaşib boruvçi sirli hikoyaga aylangan. Unda şunday hislatlar bölganki, bejizga afsonalar yaratilmaydi", - deb yozadi Kennedi. 

Ayni damda kundalik Derdr Xendersonga tegişli bölib, u Kennedi Massaçusets ştatining senatori bölgan vaqtda yordamçi bölgan. 

Auktsion 26 mart kuni ötkaziladi. Ekspertlarning aytişiça, lotning narxini 200 ming dollarga baholaşmoqda.