Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yangi şahar va Boğişamol köçalarini tutaştiruvçi yangi köprik bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Bözsuv kanali ustidan qurilgan mazkur köprik Toşkent xalqa yöli va Amir Temur şohköçasida tirbandlikni kamaytiriş, haydovçi va yölovçilar ortiqça vaqt va mablağ yöqotişining oldini olişni ta'minlaydi. 

Umumiy uzunligi 423, balandligi 5,5, kengligi 33 metr bölgan 8 polosali mazkur köprik “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Köprik quriliş tresti” unitar korxonasining 67-köprik quriliş bölinmasi bunyodkorlari tomonidan olti oyda qurib bitkazildi. 

Köprikning ikki tomonida piyodalar uçun 2 metrli yölak barpo etilgan bölib, bu piyodalarga qulaylik yaratadi. 

Prezident bu yerda amalga oşirilgan işlar bilan tanişar ekan, yangi köprikning poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarini tutaştirişdagi ahamiyati ulkan ekanini ta'kidladi. Ilgari uşbu tumanlardan bir-biriga avtomobilda 17-18 kilometr aylanib borilgan bölsa, yangi köprik foydalanişga topşirilgaç, odamlarning uzoği yaqin böldi. 

Bunday keng kölamli va ezgu işlar tufayli poytaxtimiz yöllarining xizmat körsatiş sifati va samaradorligi tubdan yaxşilanmoqda, dedi davlatimiz rahbari.