AQSh HHKning X-37B OTV-4 tajribaviy orbita samolyoti bunday «maxfiy» missiyalar uchun parvoz vaqti bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Spaceflight101 nashri xabar berdi.

"AQSh HHKning X-37B OTV-4 fazoviy apparati shanba kuni maxfiy dasturlar missiyalari uchun parvoz davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 675 kun davomida amaldagi missiya doirasida orbitada qoldi", - deb yozgan nashr.

Orbital missiyani o‘tkazishga mo‘ljallangan X-37B OTV-4 – AQSh HHK tomonidan uchirilgan to‘rtinchi shunday apparatdir. Avvalgi rekord uchinchi X-37B tomonidan o‘rnatilgan. U orbitada 674 kun va 22 soat davomida bo‘lgan.

Kosmoplan bortida bo‘lgan foydali yuklamalarning faqatgina ikkitasi haqida ma'lumot bor. Birinchisi - XR-5A tajribaviy ionli kuch qurilmasi. Bundan tashqari, bortda NASA’ning Materials Exposure and Technology Innovation in Space tajribasi qurilmasi ham bo‘lgan. U o‘z ichiga 100tadan ortiq turli materiallarni qamrab olib, fazoviy muhit talablarini ularni ionlashgan nurlanishga ta'sirchanligi va quyi orbitadagi atomar kislorod tufayli zanglash jarayonini o‘rganishga mo‘ljallangan.