Parij şimolidagi Bondi kommunasida kuçli portlaş yuz berdi. Bu haqda fransuz OAV xabar bermoqda.

Voqea joyida birinçi portlaşdan keyin kuçli yonğin çiqqan va uning ortidan bir qator baland ovozdagi gumbirlaş ovozlari yangragan. Ovozlar yaqin oradagi hududlarda ham aniq eşitilgan, deb xabar bermoqda Global News telekanali.

Telekanalning ta'kidlaşiça, voqea sabablari va jabrlanganlar haqida heç narsa ma'lum emas. Voqea joyida kuçli yonğin çiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining ma'lum qilişiça, köprikda yuk maşinasidagi gaz ballonlari portlagan.