JÇ–2018 turniriga saralaş bosqiçi «A» guruhi 7-turidan örin olgan Özbekiston – Qatar uçraşuvidan oldin Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan öyin borasida fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Malayziyada qayd etilgan natijalar uçun muxlislar oldida uzr sörayman. Deyarli barça öyinlar ğalaba va mağlubiyat orasida turadi. Suriya bilan öyinda qayerdadir men xato ham qilgandirman.

Afsuski, heç qaysi öyinda optimal tarkibda öynay olmayapmiz. Avvalgi öyinlarda yöqotişlar böldi. Bundan afsusdamiz.  Töxtaxöjayev sariq kartoçka tufayli öyinni qöyib yuboradi. Bu guruhda kuraş sönggi turgaça davom etadi, çunki raqiblar ham oçko yöqotmoqda.

Asosiy maqsadimiz — ertaga ğalaba qozoniş va şu yöl orqali JÇ–2018 turniriga yöl oliş. Ayni vaqtda eng kuçli tarkibga ega ekanimiz haqidagi sözlarni takrorlaşdan qoçmayman. Bu haqiqatdan ham şunday. Balki ertagayoq iste'foga çiqarman. Asosiysi, Özbekiston terma jamoasi JÇ–2018 turniriga yöl olişi kerak.

Jamoa yaxşi öynaganda stadion töladi. Muxlislarga murojaat qilmoqçiman. Stadionga qança muxlis kelişidan qat'iy nazar ulardan dalda sörab qolamiz va bizni qöllab-quvvatlaşlariga umid qilamiz», – dedi Samvel Babayan.  

Eslatib ötamiz, Özbekiston – Qatar uçraşuvi ertaga, 28 mart kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida ötkaziladi. Öyin 18:00 da start olişi rejalaştirilgan.