Meksikadagi turmalardan birida ko‘tarilgan isyon oqibatida umumiy hisobda 50 dan ko‘proq qo‘riqchi va mahbuslar jabrlandi. Voqea Nuevo-Leon shtatidagi Kadereyta munitsipalitetidagi turmada yuz bergan. Mahbuslar 4 nafar qo‘riqchini garovga olishgan. Ta'kidlanishicha, turma binosidan qora tutunlar chiqmoqda.

Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari, o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam brigadalari tortilgan. Politsiyachilar tartibsizliklarni bostirishga harakat qilishmoqda, biroq hozircha buning uddasidan chiqisha olmayapti. 

Hammasi bir necha soat oldin boshlangan. Avval mahbuslar turmaga tashrif buyuruvchilarni nazorat qilishning yangi tizimiga qarshi osoyishta norozilik aksiyasini o‘tkazishgan. So‘ngra mahbuslar to‘dalari o‘zaro urishishni, xonalarni ostin-ustun qilishni va matraslarni yoqishni boshlashgan.