Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:16 / 29.03.2017
37415
1 daqiqa o‘qiladi
Bemor atrofida raqsga tushgan besh nafar tibbiyot xodimi ishdan haydaldi
Kolumbiyada 5 nafar tibbiyot xodimi ularning jarrohlik stolida yotgan bemor atrofida raqsga tushayotgani tasvirlangan video internetda tarqalgach, ishdan haydaldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa Kolumbiyaning Bolivar shahridagi Santa-Krus-de-Bokagrande klinikasida ro‘y bergan. Bemor hushsiz bo‘lgani aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, videoda tasvirlangan barcha hodisadan so‘ng ishdan haydaldi, biroq raqs tasvirlari internetda “virusli” rolikka aylandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish