Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar internet orqali limonad ta'mi va rangini uzatishga muvaffaq bo‘ldilar
Singapur milliy universiteti olimlari antiqa ishlanmani taqdim qildilar. Ular internet orqali limonadning ta'mi va rangini uzatishga imkon beruvchi antiqa usulni yaratishdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Olimlar o‘z ishlanmalarida bo‘yoqlar va kislota datchiklaridan foydalanishgan. Ular suv, elektrod va yorug‘lik diodlari bilan jihozlangan qurilmaga zarur ma'lumotni uzata olishgan. Elektrod va suv limonadning nordon ta'mini, yorug‘lik diodlari esa rangini hosil qilgan.
"Klonlashtirilgan" limonadni tatib ko‘rganlar u yetarlicha nordon emasligini, biroq haqiqiy limonad ta'miga ancha yaqin bo‘lganini qayd qilishgan. Olimlar kelajakda limonad hidini uzatishga imkon beruvchi usulni yaratishmoqchi.
Mavzuga oid
20:48 / 10.10.2025
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
16:36 / 17.09.2025
2025 yil moda olami qanday rangda bo‘ladi?
10:43 / 11.08.2025