“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Guliston şahar Kengaşi taşabbusi bilan 29 mart kuni “ommaviy madaniyatning” salbiy oqibatlari, jumladan keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan özini özi öldiriş darajasiga olib boruvçi öyin körinişidagi “KÖK KIT” haqida davra suhbati taşkil etildi.

Davra suhbatida “KÖK KIT” va şu kabi öz joniga qasd qilişga majburlovçi guruhlarning kelib çiqişi, qanday tarqalganligi, qanday qilib iştirokçi öz joniga qasd qilişgaça borib yetişining psixologik jarayonlari, yoşlarning bunday holatga tuşib qolmasliklari uçun yana qanday çora-tadbirlar köriş mumkinligi haqida fikr mulohazalar taklif-tavsiyalar örtaga taşlandi. Bu borada kuzatuvlar, psixologik holatni aniqlab beruvçi testlar ötkaziş, taşkil etilayotgan reydlar soni va sifatini köpaytirişni şakllantiriş, ayniqsa ota-onalar bilan hamkorlik samarali deb ta'kidlandi.

Davra suhbatida bildirilgan mulohazalar natijasida şu kabi salbiy holatlarni oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi.