Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorga imzo çekdi.
Unga köra “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibiga tijorat banklari va pillaçilik tarmoği taşkilotlari muassisligida yangidan taşkil etiladigan “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlari – “Janubipaksanoat”, “Şimolipaksanoat”, “Markazipaksanoat”, “Vodiyipaksanoat” va “Toşkentipaksanoat” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari; Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlaşmalari negizida taşkil etiladigan hududiy “Agropilla” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari; tuman va tumanlararo “Pilla” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari negizida taşkil etiladigan tuman “Agropilla” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari; ipak qurti uruğini işlab çiqariş, pillani qayta işlaş hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça taşkilotlar kiradigan böldi.
Quyidagilar “Özbekipaksanoat” uyuşmasining asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilandi:
a) ozuqa bazasini takomillaştiriş böyiça: tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlaş, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytiriş maqsadida suğoriladigan yer maydonlari ajratiş böyiça tegişli davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan özaro samarali hamkorlikni ta'minlaş; ipak qurti parvariş qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamçi faoliyatni amalga oşiriş hisobiga qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yölga qöyiş, ularni içki va taşqi bozorlarda sotiş;
b) ipak qurti uruği va pilla yetiştiriş, tayyorlaş va birlamçi qayta işlaş böyiça: Uyuşma tarkibiga kiruvçi taşkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratiş, parvariş qiliş va sifatli uruğ işlab çiqarişni yölga qöyişda kömaklaşiş; respublika hududlari böyiça pilla yetiştirişning prognoz hajmlarini belgilaş, pilla tayyorlaş va qayta işlaş taşkilotlari böyiça pilla yetiştiriş uçun buyurtmalarni joylaştiriş; sifatli pilla yetiştiriş va tayyorlaş, uni dastlabki qayta işlaş, xom ipak va ipak kalava işlab çiqariş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişni taşkil etiş;
v) pillani çuqur qayta işlaşni taşkil etiş böyiça: ipakdan tayyor mahsulot işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş va uning sifatini yanada yaxşilaş, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini özlaştiriş, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlaştiriş va standartlaştirişni ta'minlaş, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etişga doir işlarni samarali taşkil etiş; mahsulot sotiş bozorlarini kengaytiriş böyiça marketing tadqiqotlari olib boriş, ipak mahsulotlari narxini şakllantirişning maqbul mexanizmini yaratiş böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqiş hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oşiriş;












