29 mart kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev bilan uçraşuv bölib ötdi.
TIV sayti ma'lumotiga köra, uçraşuvda Özbekiston-Rossiya hamkorligining, jumladan MDH va ŞHT doirasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama etilgan.
MDHga a'zo mamlakatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining Toşkent şahridagi navbatdagi yiğilişida Rossiya TIV delegatsiyasi iştirokining amaliy jihatlari körib çiqilgan.
Suhbat davomida Rossiya Federatsiyasi prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili Mixail Şvidkoyning Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça ham fikr almaşilgan.

















