Elçini taqdirlaş töğrisidagi tegişli hujjat Rossiya huquqiy axborot portaliga joylaştirilgan.
Ma'lumot uçun, Tyurdenev Toşkentdagi elçixonani 2009 yildan buyon boşqaradi. U 2019 yili Özbekiston prezidenti tomonidan «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangandi.
Ötgan hafta elçi «Rosatom» Özbekistonda AES qurişi böyiça şartnoma göyoki «deyarli tayyor» ekani va «faqat texnik jihatlari» qolganini ma'lum qilgandi. «Özatom» uning bu gaplarini rad etdi va muzokaralar davom etayotganini bildirdi.
Vladimir Tyurdenev öşa intervyusida, şuningdek, Özbekiston Rossiyaning koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza sotib olayotgani, tegişli kelişuv imzolanganini aytgandi. Özbekiston tomoni hozirga qadar bu ma'lumotga aniqlik kiritmadi.

















