Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 30 mart kuni videoselektor majlis bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Unda köp qavatli uy-joylarni ta'mirlaş, kommunal, soğliqni saqlaş sohalari, içki işlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalari körib çiqildi.

Köp qavatli uy-joylarni vaqtida va sifatli ta'mirlaş, hududlarni obodonlaştiriş, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va yanada takomillaştiriş zarurligi qayd etildi. Hududlar rahbarlarining bu boradagi mas'uliyati va javobgarligini oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Majlisda köp qavatli uylarda yaşaydigan aholiga zarur şaroitlar yaratiş, kommunikatsiya tizimlarini ta'mirlaş, hududlarni obodonlaştiriş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.

Joriy yilning 9 fevral kuni profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillaştiriş, ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş va inspektorlarni xizmat uylari, avtomobillar bilan ta'minlaş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi ham körib çiqildi.

Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 yanvar va 7 fevral kunlari ötgan yiğilişlarda soğliqni saqlaş tizimidagi muammolarni bartaraf etiş, sohani yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan edi.

Ötgan vaqt mobaynida bu borada tegişli farmon va qarorlar qabul qilinib, ijrosiga kirişildi. Majlisda qişloq vraçlik punktlarini optimallaştiriş, şoşilinç tez tibbiy yordam xizmatini yaxşilaş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, poliklinikalar iş vaqtini uzaytiriş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.

«Özbekiston Prezidenti mazkur sohalardagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, istiqbolda amalga oşiriladigan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar berdi», — deyilgan xabarda.