Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi
2017 yilning 9-11 aprel kunlari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali “Lomonosov-2017” forumi doirasida matematika va informatika bo‘yicha har yilgi festivalni o‘tkazmoqda.
Festivaldan ko‘zlangan maqsad matematika va informatikani o‘rganishga layoqati bo‘lgan iste'dodli yoshlarni aniqlash, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali va poytaxt hamda Respublikaning umumiy o‘rta maxsus ta'lim muassasalari o‘rtasida ijodiy aloqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
“Lomonosov-2017” matematika va informatika bo‘yicha festivalda ishtirok etishga akademik litsey va professional kollejlar, shuningdek umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari taklif etiladi.
Festivalda ishtirok etish uchun haq olinmaydi. Tadbir o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga (forosuratli) ega bo‘lishi kerak, festival yakunida tashkiliy qo‘mita g‘oliblarga faxriy diplom va medallar taqdim etadi.
Festival haqidagi batafsil ma'lumotlar http://msu.uz saytida chop etiladi, qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon: (+998-71) 232-28-22
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026