Yaqindagina taqdimoti bölib ötgan Samsung Galaxy S8 flagmani kutilganidek xavfsiz bölib çiqmadi.
Ma'lum bölişiça, smartfonni faqat egasi blokdan yeçişi mumkin bölişi uçun maxsus işlangan yuzdan taniy oliş funksiyasini aldaş u qadar qiyin emas ekan. Business Insider şu haqida xabar berdi.
Uşbu kamçilik iDeviceHelp ekspertlari tomonidan aniqlangan. Ular smartfonni oddiy surat yordamida blokdan yeçişga muvaffaq bölişgan. Buning uçun frontal kamera qarşisida smartfon sohibining surati körsatiladi - qurilma uning qarşisida real inson deb öylab, blokdan osongina yeçiladi. Jarayon atigi bir neça soniya vaqt olgan.
Albatta, Samsung kompaniyasida yuzdan taniy oliş funksiyasining barmoq izlari yoki Iris skaner kabi xavfsiz emasligini aytilgan, biroq smartfonni birgina surat orqali blokdan yeçiş kişini biroz öylantirib qöyadi.

















