Avval xabar qilganimizdek, bugun, 1 aprel kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida  Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tadi. Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilarini qabul qiladi. 

Musobaqa reglamentiga muvofiq, bokschilar har biri 3 daqiqadan 5 raund kurash olib borishadi. Bokschilar quyidagi tartibda ringga ko‘tarilishadi. 

  1. 64 kg: Elnur Abduraimov              vs    Dilmurod Mijitov
  2. 56 kg: Abdulhay Shorahmatov       vs    Ilyos Suleymenov
  3. 75 kg: Isroil Madrimov               vs    Saparbay Aydarov 
  4. +91 kg: Zuhriddin Mahkamov        vs    Anton Pinchuk 
  5. 49 kg: Hasanboy Do‘stmatov           vs   Temirtas Jusupov 

Kun.uz tahririyati «O‘zbek yo‘lbarslari»ga omad tilaydi. 

Katta boks bayrami Sport telekanali va UzHD telekanallarida jonli ravishda efirga uzatiladi.