Heç öylab körganmisiz, nima uçun salbiy suhbatlar va tanbehlar ijobiylariga nisbatan bizni köproq ta'qib etadi? Harvard Business Review'da şu mavzudagi qiziq maqolasi bilan bölişdi.

Rahbariyat tanqidi, hamkasblar bilan bahslaşuvlar, döstlar bilan kelişmovçiliklarni ançagaça unuta olmay yuramiz. Maqtov eşitib, hamjihatlikda işlagan oy-kunlarimizni esa tezda yoddan çiqaramiz. Agar sizni dangasa, mas'uliyatsiz deyişsa, barça ijobiy jihatlarni unutib, xafa bölasiz va bu holat ançagaça sizni tark etmaydi. Sizning naqadar iste'dodli, halol ekanligingiz aytilgan yoki siz bilan faxrlanişlari tan olingan holatlarni esa unutiş oson.

Manbada ta'kidlanişiça, bu ma'lum bir ma'noda kimyoviy reaksiyalarga boğliq ekan. Inson tanqid qilinganida, rad etilganida yoki qörqqanida organizm katta miqdordagi kortizol (miyaning fikrlovçi qismini kesib, öz-özini himoya qiliş va mojarolarni çetlab ötişga qaratilgan xulq-atvor turlarini faollaştiruvçi gormon)ni işlab çiqaradi. Inson yanada ta'sirçan bölib qoladi va salbiy omillarga keskin reaksiya bildiradi. Unga suhbatdoşining sözlarida katta duşmanlik kayfiyati seziladi, hatto bu haqiqatdan yiroq bölsa ham. Bunday ta'sir 26 soat davom etadi va yoqimsiz muloqot xotirada çuqur örnaşib qoladi, şu u bois bizning kelajakdagi xatti-harakatlarimizga sezilarli ta'sir körsatadi. Biz bu haqida qança köp öylasak, uning ta'siri ham şunça uzoq böladi. 

Ijobiy şarh va yoqimli suhbat ham kimyoviy reaksiyani keltirib çiqaradi. Bunday munosabat organizmda oksitotsin (insonda muloqot hamda hamkorlik qiliş va işonç xususiyatlarini oşiruvçi yaxşi kayfiyat gormoni) işlab çiqarişni rağbatlantiradi. Biroq gap şundaki, oksitotsinning metobolizm davri kortizoldan ança qisqa, şuning uçun uning ta'siri ham u qadar kuçli va davomli emas.

Rahbarlarning har bir muloqotga e'tiborli bölişi kerakligi "suhbat kimyosi" bilan izohlanadi. Kortizol darajasi oşadigan aloqa şakllari "muloqot intellektual darajasi"ning pasayişiga olib keladi - u C-IQ sifatida qayd etiladi - ya'ni unda inson işga kirişiş, yangiça fikrlaş, hamdardlik, ijodkorlik, jamoada işlaşga tayyorlik xususiyatlarini yöqota boşlaydi. Oksitotsin ajralişiga sabab böluvçi xatti-harakatlar esa C-IQ darajasini oşiradi.