18:43 / 02.04.2017
4390

Shotlandiya chempionatida chempion aniq. «Seltik» qatorasiga oltinchi marta tengsiz

Shotlandiya Premer-ligasining 30-turi doirasida «Seltik» «Harts» maydoniga safar qilib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Bu jamoaga muddatidan oldingi chempionlikni taqdim etdi.

«Keltlar» qatorasiga oltinchi marta Shotlandiya chempioniga aylanmoqda. Bu jamoaning 48-chempionligidir. «Reyndjyers»da esa 54 titul bor. 

Brendan Rodjyers shogirdlarining chempionlik o‘yinida Skott Sinkleyr 3ta gol urdi, Styuart Armstrong va Patrik Roberts hisobiga bittadan gol yozildi.

Shotlandiya - Premer-liga. 30-tur

Harts – Seltik 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 24 Sinkleyr, 0:2 – 27 Sinkleyr, 0:3 – 55 Armstrong, 0:4 – 61 Roberts, 0:5 – 84, penalti Sinkleyr.
Harts – Xemilton, Avlonitis, Soua, Struna, Novak, Tsiolis (Buaben, 65), Kitchen, Kaui, Uoker (Marten, 65), Maars, Gonsalvesh (Beyt, 71).
Seltik – Gordon, Shimunovich, Tirni, Lyustig (Gamboa, 80), Boyata (Ture, 87), Armstrong, Roberts (Makay-Stiven, 79), Forrest, Braun, Sinkleyr, Makgregor.
Ogohlantirishlar: Uoker (5), Makgregor (33), Gonsalvesh (33), Forrest (42), Novak (45), Boyata (69).

Mavzuga oid
Top