Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda internet foydalanuvchilari uchun ingliz tilidagi yangi qidiruv tizimi ishga tushirildi
Qihoo 360 Technology kompaniyasi Xitoyda ingliz tilidagi yangi internet-qidiruv tizimini ishga tushirdi. "Shanxay jibao" gazetasining yozishicha, ushbu loyiha Xitoyda kirish bir qadar murakkab bo‘lgan Google qidiruv tizimiga muqobil sifatida ishlab chiqildi hamda Microsoft Bing bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Yangi tizim Xitoyda ingliz tilidagi ma'lumotni izlash imkoniyatlarini oshiradi. Bunga qadar Baidu va Sogou qidiruv tizimlari ingliz tilida servisni taqdim etishayotgandi, biroq bu resurslar imkoniyatlari ancha cheklangan. Qihoo 360 qidiruv tizimi esa qidiruv satriga kiritiluvchi Xitoy iyerogliflarini ingliz tiliga avtomatik tarzda tarjima qiladi va natijani keltirib chiqaradi.
Qihoo 360 kompaniyasi asosan internet va mobil platformalar uchun ilovalar chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya asosiy mahsulotlari orasida - veb-brauzer, qidiruv tizimi, shaxsiy kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun ilovalar do‘koni, shuningdek, virusga qarshi dasturlar bor.
Mavzuga oid
11:24
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026