Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 1055 Markaziy dispetcherlik xizmati faoliyati tashkil etiladi
"Quyosh kollektorlari va energosamarali qozonxona jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida"gi innovatsion loyihani amalga oshirish natijasida Toshkent shahrida 2017-2019 yillar davomida 1514 ta obektda 5533 ta energosamarali qozonlar va 37720 ta quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish oldindan aytilmoqda. Shuningdek loyihada energosamarali qozonxona jihozlari va quyosh kollektorlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralar ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Minsk shahrining avariyaviy-dispetcherlik xizmatini tashkil etish tajribasi o‘rganildi. Natijalar bo‘yicha TShXKFB tuzilmasidagi 1055 amaldagi dispetcherlik xizmati bazasida Toshkent shahrining 1055 Markaziy dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etishga doir loyiha ishlab chiqildi.
Jahon Bankining issiqlik ta'minoti va energosamarani oshirish tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida Sergeli tumanida "Toshkent shahridagi 8-IM zonasini issiqlik ta'minotining yopiq zonasiga o‘tkazish" DTIH loyihasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid
08:58
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026
Toshkentda renovatsiyaning birinchi bosqichi boshlandi
11:09 / 13.06.2026