Jamiyat | 13:29 / 06.04.2017
8499
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi issiqlik ta'minoti tizimi yaxshilanadi

"Toshissiqlikmarkaz" OAJning 9 yirik issiqlik markazi va "ToshIEM"ning issiqlik elektr markazi poytaxtdagi butun issiqlik energiyasining 90 foizini ishlab chiqaradi. 

"Toshissiqquvvati" IChB UKning issiqlik manbalari, jumladan 3 ta yirik va 200 ta mahalliy qozonxonalar Toshkent shahridagi issiqlik energiyasining jami 10 foizini ishlab chiqaradi. Shahardagi barcha qozonxonalarning belgilangan quvvati 6233,093 Gkal/soatni tashkil qiladi, ulangan quvvati - 3602,223 Gkal/soat. Poytaxtda har yili taxminan 9,67 mln. 

Toshkent shahri hokimligi tomonidan O‘zbekiston Prezidentining "2017-2021 yillar uchun Toshkent shahri issiqlik energiyasi iste'molchilarining issiqlik ta'minoti tizimini markazlashmagan tizimga o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori loyihasi tayyorlangan. 

Mazkur loyiha maqsadi - yuqori samarali zamonaviy qozonlar bilan yangi mahalliy qozonlar qurish, zamonaviy tejamkor va energo-tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, xom ashyo va moliyaviy resurslardan samarali va ratsional foydalanish, issiqlik ta'minoti tashkilotlarining samaradorligini va ta'minot bo‘yicha iste'molchilarga taqdim etilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yo‘li bilan Toshkent shahri issiqlik ta'minoti kelgusi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilash. 

Qaror loyihasida 2, 3, 5, 6, 7 - IM (issiqlik manbalari) zonalarining issiqlik ta'minoti iste'molchilarining markazlashgan tizimlarini markazsizlantirish ko‘zda tutilgan, ya'ni 3459 obekt uchun 1514 qozonxona o‘rnatish lozim. Ushbu mahalliy qozonxonalarning qurilishida 2, 3, 5, 6, 7 - IM zonalarida issiqlik tarmoqlarini qayta yotqizishga zarurat yo‘qoladi, chunki ushbu 280,8 km kanal issiqlik tarmoqlari foydalanishdan chiqariladi. Bu esa bir yilda 279,6 ming Gkal issiqlik energiyasini (yiliga 37,9 mln. metr kub tabiiy gaz) tejashga va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining yo‘qligi sababli iste'molchilar issiqlik ta'minotining mustahkamligini oshirishga imkon beradi. 

Mavzuga oid

E`lonlar