«Shvetsiya hujumga uchradi. Hodisaning barcha jihatlari bu terroristik hujum bo‘lganini ko‘rsatmoqda», — degan u matbuot anjumani vaqtida.

Bugun Shvetsiya poytaxti markazidagi ko‘chalardan birida yuk mashinasi odamlarni bosib yurdi. Voqea joyida qoldirib ketilgan yuk mashinasi o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi.

Shvetsiya poytaxtida yuk mashinasi odamlar ustiga yurdi, qurbonlar bor

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, 3 kishi ushbu hujum qurboniga aylangan. Jarohatlanganlar soni 10ga yaqin.

Ushbu hodisa munosabati bilan Stokholm metrosi va mamlakat parlamenti binosi yopilgan.

Mahalliy shifoxonalar favqulodda rejim holatiga o‘tkazilgan.

Stokholmdagi hodisa videosi paydo bo‘ldi