Niderlandiyadagi Kruidvat dökonlar tarmoği bolalar böyaşlari uçun möljallangan "Özing böya" turkumidagi kitobçaning butun adadini sotuvdan yiğiştirib oldi. Bunga kitobçaning sahifalaridan birida Adolf Hitler tasvirlangani sabab bölgan.
Uşbu kitobçaning nomi "Raqamlar böyiça böyaymiz" deb atalgan bölib, unda suratlar raqamlangan maydonçalarga bölib çiqilgan va bolalar şu raqamlarga mos keluvçi ranglar bilan maydonçalarni böyaşlari kerak.
Kitobda Hitler natsistlarga xos tarzda qölini yuqoriga kötargan holda tasvirlangan. Uning çap qölida svastika belgisi tuşirilgan boğiç ham bölgan.
Dökon ma'muriyati buni "ayançli xato" deb atadi va kitobçani sotib olgan barça xaridorlarga pullarini qaytarib berişni taklif qildi.
Ma'lum bölişiça, uşbu kitobçalarni Belgiyaning Trifora naşriyoti çop etgan. Naşriyot xodimlarining tuşuntirişlariça, kitobçaning mavzusi tarixiy şaxslar bölgan. Ularning aytişiça, Gitlerning tarixiy şaxslar orasida tasvirlanişi "omadsiz tasodif sabab yuz bergan". Naşriyot yölga qöygan xatosi uçun uzr söragan.

















