Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Angliyadagi eng kichkina qal'a sotuvga qo‘yildi
Angliyadagi eng kichkina qal'a sotuvga qo‘yildi. U Uorikshirdagi Long Kompton qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda, to‘rt gektar yer maydonida joylashgan.
Avvaliga u katta yer mulkini qo‘riqlash maqsadida qurilgan hamda mashhur me'mor Edvard Blor boshchiligida 1830-yillarda bunyod etilgan. Aynan shu me'mor boshchiligida Bukingem saroyi qurilishi ham yakunlangandi.
Ushbu qal'a ichida bitta yotoqxona, yuvinish xonasi, mehmonxona, manzarali, o‘ziga xos uslubdagi zinapoya, zamonaviy oshxona bor.
Shuningdek hududda qo‘shimcha yotoqxona, kabinet va garajga ega yog‘ochli bino, mevali bog‘, manzarali sun'iy ko‘l va tovuqxona bor.
Qal'a 550 ming funt sterlingga baholangan. Aynan shuncha pulga Londonda xonadon ham sotib olish mumkin.







Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
00:36 / 28.05.2025