Sankt-Peterburgda röy bergan voqealardan keyin tele va radioboşlovçi, jurnalist, jamoat arbobi Kseniya Sobçak Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat bilan çiqdi. 

Sobçak «Dojd» telekanalidagi mualliflik körsatuvida 3 apreldagi voqea uning oilasi uçun ham fojiaga aylanişi mumkinligini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, şu kuni xolasi teraktdan 10 daqiqa oldin "Texnologiçeskaya" stansiyasidan ötgan bölgan. 

Sobçak murojaati davomida şu kuni Vladimir Putin ona şahrida bölgani va terakt deyarli uning "köz öngida" sodir  bölganini ta'kidlab ötadi. 

"Nima uçun bu siz Federal xavfsizlik xizmatining barça oliy ofitserlarini şaxsan taniydigan şaharda sodir böldi?", - deya savol bilan yuzlanadi teleboşlovçi.

"Piterga hujum qiliş buyuk derjava tarixi va sizning köp yillik prezidentligingizga qasd qilişdir. Ular sizning uyingizda ommaviy qotillik sodir etişdi", - deydi u. 

Videomurojaatda Kseniya Sobçak davlat rahbarini maxsus xizmatlar e'tiborini muxolifat bilan bema'ni kuraşlardan köra mamlakat xavfsizligiga qaratişga çaqirib qoladi.