Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toşkent şahridagi halqa temir yöli qurilişi loyihasi bilan tanişdi.

Elektriçka harakatlanadigan halqa yölining jami uzunligi 71,2 kilometrni taşkil etadi (ikkita yönalişdagi yöllar uzunligi — 140 kilometrdan ziyod), yönalişda 26ta bekat barpo etiladi. Birinçi bosqiçda temir yölda 10ta poyezd (har bir yönalişda beştadan) harakatlanadi. Hisob-kitoblarga köra, ular butun yölni taxminan bir soatda bosib ötadi.

Loyiha qiymati 265 million dollarni taşkil qiladi, şundan 185 millioni davlat byudjyetidan, 80 millioni — Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan ajratiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinişi ham mumkin.

Uşbu transport turini yölga qöyiş rejasi haqida Şavkat Mirziyoyevning Toşkentdagi saylovçilar bilan saylovoldi uçraşuvida ilk bor ma'lum qilingan. Öşanda loyihani amalga oşiriş 2017-2030 yillarga möljallangani aytilgandi.

Temir yöl yönalişi avtobus yönalişlari, metropoliten bekatlari va boşqa transport turlari bilan qulay tarzda boğlanadi.