Farğona viloyati hokimligining kiçik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengaşining yigirma uçinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning joriy yil 29 martdagi “Özbekiston Respublikasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori zamonaviy soğliqni saqlaş tizimini yaratiş va ana şu yönalişdagi vazifalarni yangi bosqiçga olib çiqdi.
Qarorga asosan viloyatda qişloq vraçlik punktlari sonini 283 tadan 150 tagaça qisqartiriş va 88 ta qişloq vraçlik punktlari negizida kunduzgi statsionari mavjud bölgan qişloq oilaviy poliklinikalarini, qisqartirilayotgan qişloq vraçlik punktlari negizida yangi 37 ta nimstansiyalarni taşkil etiş va ularda tez tibbiy yordam tarmoğini yanada kengaytiriş, ikki smenali iş tartibini joriy etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Şuningdek, qisqartirilişi közda tutilayotgan qişloq vraçlik punktlarida faoliyat olib borayotgan 369 nafar kiçik tibbiy xodimlar, 262 nafar menejyerlar hamda 333 nafar qorovullarni iş bilan ta'minlaş maqsadida viloyat mehnat boş boşqarmasiga ma'lumot berildi. Qişloq vraçlik punktlarini yoş va salohiyatli mutaxassislar bilan ta'minlaş maqsadida ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari bitiruvçilari bilan uç tomonlama şartnomalar imzolandi.
Ötgan uç oylik davr içida viloyat miqyosida xonadonlarning tibbiy-ijtimoiy holati örganildi. Viloyat ixtisoslaşgan markazlarining mutaxassislari tomonidan Farğona va Quvasoy şahri, Yozyovon, Toşloq, Beşariq, Quva, Qöştepa, Oltiariq, Rişton, Bağdod, Uçköprik tumanlarida 4934 nafar aholi tibbiy körikdan ötkazildi.
Yangi taşkillanayotgan 88 ta poliklinikada tez tibbiy yordam xizmatining tunu kun faoliyatini yölga qöyiş, 37 ta yangi tez tibbiy yordam şoxobçasini taşkil etiş, ularga 48 ta “Damas” avtomaşinasini xarid qiliş böyiça viloyat moliya boşqarmasi va Soğliqni saqlaş vazirligiga taklif kiritilgan edi. Vazirlik tomonidan ajratilgan 9 dona “Damas” maxsus avtomaşinasi mart oyi yakunida viloyat “Şifo tez yordam” avtokorxonasiga keltirildi. Tumanlarda uşbu brigadalar uçun ştat birliklari ajratilişi yuzasidan daxldor taşkilotlarga takliflar berildi.
Sessiyada aholini sifatli, arzon dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta'minlaş, dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining çegaralangan narxlarda sotilişini qat'iy nazoratga oliş borasidagi çora-tadbirlar kutilgan ijobiy natijalarni bermayotgani, bunda deputatlarning mas'uliyati va javobgarligi yetişmayotganiga tanqidiy baho berildi.

















