7 aprel kuni Stokholm teraktidan keyin uşbu terakt ijroçisi sifatida gumon qilinib qölga olingan şaxs Özbekiston fuqarosi bölib, uning ismi-şarifi Rahmat Oqilovdir. Bu haqda Şvetsiyadagi Expressen naşri xabar tarqatdi.

Manbaning yozişiça, Oqilov 2014 yilning noyabrida Şvetsiyadan boşpana sörab murojaat etgan. 2016 yilning iyunida hukumat uning sörovini rad etgan va keyinçalik uni deportatsiya qiliş böyiça sud qarori çiqarilgan. Şundan söng Oqilov bedarak ketgan va u qidiruvga berilgan.
Gazetaning yozişiça, gumonlanuvçi ijtimoiy tarmoqlar orqali IŞID bilan aloqada bölib turgan, u şuningdek, portlovçi qurilmalar bilan işlaşdan ham xabardor bölgan.
Politsiyadagilar tekşiruvlar uşbu gumonlanuvçi haqiqatdan ham terakt ijroçisi ekanini körsatayotgani haqida aytişgan.
7 aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegişli bölgan öğirlab ketilgan yuk maşinasi Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlar ustiga haydaldi. Uşbu hodisa oqibatida 15 kişi jarohat oldi va 4 kişi halok böldi.
First pictures of Stockholm terror attack suspect revealed https://t.co/gVxlYbmkEp pic.twitter.com/utvjiwf6dw
— Blue Streak Advances (@BSAFunds) April 9, 2017
— Daily Mail Online (MailOnli…

















