O‘zbekiston | 18:18 / 10.04.2017
40159
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda biometrik pasport va OVIR stikerlarini berish tizimi takomillashtirilmoqda

O‘zbekistonda biometrik pasport va Vizalar hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi (OVIR) stikeri tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish Boshqarmasi boshlig‘i B.Shorixsiyevning so‘zlariga ko‘ra, boshqarmaning xorijga chiqish stikeri yoki biometrik ma'lumotlar bo‘lgan pasportni rasmiylashtirish bo‘yicha muddatlarga o‘z vaqtida rioya etilmasligi bilan bog‘liq murojaatlar bor.

"Ulardan biri qismi haqiqatdan ham bor va ular rahbariyat nazorati ostiga olinadi. Vaziyatni to‘g‘irlashga harakat qilmoqdamiz. Bugungi kunda joylardagi bo‘limlarda yuz bergan o‘zgarishlar faoliyat yaxshilanayotganidan dalolat beradi. Bugun aksariyat bo‘limlarda katta navbatlar deyarli ko‘zga tashlanmayapti. Bu shuningdek, biz o‘z ishimiz prinsiplari va usullarini qat'iy ravishda ko‘rib chiqqanimiz tufayli ham ro‘y berdi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

IIV vakilining qayd etishicha, birinchidan, xizmat bo‘limlari shahar yoki tuman ichki ishlar bo‘limlari binolarida emas, balki maxsus ajratilgan alohida binolarda joylashgan bo‘lib, bu odamlarning bir joyga haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planmasligi va navbatlar paydo bo‘lmasligi imkonini beradi. Ikkinchidan, barcha xonalar asta-sekin qayta ta'mirlanmoqda va yaxshilanmoqda.

Fuqarolar qulayligi uchun barcha jihatlar atroflicha o‘ylab chiqilgan: mebeldan tortib tashqi tashviqot vositalarigacha. Ular ham fuqarolarga qulaylik yaratadi: stendlarda pasport-viza rejimi bilan bog‘liq hujjatlar ro‘yxati keltirilgan, boshqa foydali ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, u yerda xorijda mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lganlar uchun ham ma'lumotlar, tegishli tashkilot va idoralar telefon raqamlari bor. 

Eski namunadagi pasportlarni biometrik ma'lumotlar bo‘lgan yangi pasportlarni olish uchun murojaat qiluvchi fuqarolarni qabul qilish jadvali kechki paytga qadar ishlaydigan kishilar ishdan so‘ng kelishlarini e'tiborga olib tuzilgan. 

Toshkent shahrida esa biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun onlayn-murojaatlarni yuborish bo‘yicha tajribaviy loyiha ishga tushirildi.

Bundan tashqari, uzoq tumanlarda, IIB tayanch punktlarida xizmat brigadalari yangi namunadagi pasportlarni rasmiylashtirish uchun biometrik ma'lumotlar yig‘ish bilan shug‘ullanishdi. Xuddi shunday guruhlar mustaqil ravishda harakatlana olmaydilar shaxslar bilan ham ishlamoqda. Buning uchun Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish Boshqarmasi shahar va tuman bo‘limlarida fotosuratga tushirish va biometrik ma'lumotlarni olish uchun mobil qurilmalar mavjud.

Mavzuga oid