United Airlines aviakompaniyasi (AQŞ)ning Çikago-Luisvill reysida ötiriş joylarining yetişmasligi sabab yölovçini majburlab joyidan qözğatişdi. Uni salondan çiqarib yuboriş davomida tasodifan jarohat yetkazildi, yölovçi huşini yöqotganidan keyin salondan olib çiqib ketildi. TJ'da şu haqida xabar berildi. 

Salondagi ba'zi yölovçilar voqeani videoga olişdi. Ularning aksariyati politsiyaçilarning usullariga salbiy munosabat bildirgan.

Guvohlarning sözlariga köra, yölovçi özini şifokor deb taniştirgan va şu reysda uyga qatişi zarurligini ta'kidlagan. Şifokor politsiya va bort kuzatuvçilariga tongda gospitaldagi bemorlarni közdan keçirişi kerakligini tuşuntirişga uringan. 

United Airlines vakillari 3411-sonli Çikago-Luisvill reysidagi overbuking faktini tasdiqlaşdi. Taşuvçi dastlab bort kuzatuvçilari yölovçilarni öz xohişiga köra reysni tark etişni söraşganini ta'kidladi. 

"Mijozlardan biri rad javobini berganidan söng huquq-tartibot organlari undan çiqiş yöliga ötişni söragan. Biz overbuking bilan boğliq vaziyat uçun uzr söraymiz". 

United Airlines

Manbada ta'kidlanişiça, aviakompaniya bir yölovçini samolyot tölganidan ogohlantirgan va keyingi reysga çipta, 400 dollar va mehmonxonada bir kunni ötkaziş uçun vauçer taklif qilgan. U rozi bölgan.

Biroq bortda zahiradagi xodimlar uçun yana tört joy kerakligi ma'lum bölgan. Köngilli-yölovçilarga 800 dollar taklif qilişgan, biroq heç kim bu taklifga rozi bölmagan.

Şundan söng aviakompaniya xodimlari bort kompyuteridan foydalanib, omadsiz yölovçilarni tasodif usulida aniqlaşgan. Şifokor-yölovçi bilan boğliq mojaro çiqişidan oldin bir oilaviy juftlik öz xohişi bilan reysni tark etgan. Kuç işlatib çiqarib yuborilgan kişi esa yana bortga qaytgan, şu bois reysni keçiktirişga töğri kelgan.

Overbuking tajribasi aviakompaniya qöşimça daromad va samolyotlarni töldiriş maqsadida bortdagi kreslolardan köp çipta sotişni közda tutadi. Havo kemasi tölgan bölsa-da, yölovçilarni röyxatdan ötkaziş davom etaveradi. Natijada aviakompaniyalarning ba'zi yölovçilari reyslarni qöyib yuborişiga töğri keladi. Köpinça yölovçilarga keyingi reysga çipta beriladi va zarur xarajatlar qoplanadi.