Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Azamat Pardayev hamda tuman Kengaşi deputatlari M.Pardayev, A.Ismatullayev, V.Karimovlar birgalikda Pastdarğom tumanining “Quqoni”, “Jağalboyli”, “Qorovultepa”, “Qorağuppa” MFY hududidagi aholi bilan muloqotlar ötkazib, atrofdagi idora va taşkilotlarning faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hududdagi 20-umumta'lim maktabning fasad qismidagi deraza romlari eskirganligi, mavjud sport zalining nostandart, xaşar yöli bilan qurilganligi sababli rekonstruksiya qilişga muhtojligi kuzatildi. 43-MTM binolari ham kapital ta'mir holatiga kelib qolganligi, mebel va yumşoq jihozlar bilan ta'minlaniş ehtiyoji mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalalarning yeçimi yuzasidan Davlat Dasturiga kiritiş yuzasidan takliflar beriş közda tutildi.

Jağalboyli” MFYda taşkil etilgan “Özbekiston yölbarslari” boks klubida şuğullanayotgan 50 dan ortiq yoş sportçilar faoliyati ham deputat A.Pardayev tomonidan örganildi. Klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov bir yil davomida maoş olmasdan xizmat qilayotganligi va klub faoliyat yuritişi uçun tegişli taşkilotlardan rasmiylaştirilmaganligi aniqlandi. Natijada klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov Pastdarğom tumani 1-son BÖSM ga işga joylaştirildi va klub hujjatlari rasmiylaştirilib olindi.

Deputatlar tumandagi boşqa mahallalarga ham taşrif buyurişib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borişmoqda.